O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qatar Tashqi ishlar davlat vaziri bilan muzokaralar
2022-09-14 | Siyosat
2022-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida siyosiy-diplomatik aloqalar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
Rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha tomonlar bir-birlarini qo’llab-quvvatlashda davom etishlari ma’lum qilindi.
Al-Murayxiy O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligida erishilgan amaliy natijalarni ijobiy tavsifladi. O‘zbekiston tomonining faol ishtirokida Qatarga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berilishi ushbu davlat va ShHT o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishi ta’kidlandi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi