O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston Prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar

2022-09-14 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbarlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat Prezidentlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi qo‘shma biznes-forum yakunlarini yuqori baholadilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Buning uchun zaror shartnomaviy-huquqiy asoslarni shakllantirish, qo‘shma kooperatsiya, eng avvalo, agrosanoat sohasida aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar va hududlararo aloqalarni kengaytirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi samarali raisligini qayd etib, sammit muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat zrtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться