O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amanbay Orinbayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi

2022-09-09 | Siyosat

Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻlib oʻtdi.

Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi oʻtkazildi.

Nukus shahri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosining saylovini oʻtkazish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev ishtirok etdi.

Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi. Saylov natijalariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться