O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ozarbayjon Respublikasi Davlat ijtimoiy himoya fondi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2022-09-07 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abruyev hamda respublikamizda xizmat safarida bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Davlat ijtimoiy himoya fondi Boshqaruv raisi Gimalay Mamishov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda, tomonlar pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.

Shuningdek, ikki tomon vakillari ijtimoiy himoya va pensiya tizimidagi so‘nggi yangiliklarga va islohotlarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan qatnashdilar hamda mavjud muammolar va istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.

Uchrashuvda tomonlar ijtimoiy himoya sohasi oldida turgan yangi muammolarga muvofiq ijtimoiy ta’minotni isloh qilish zarurligi va ushbu sohadagi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi xamda uzaro xamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться