O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Teri-poyabzal hamda jun va mo'ynachilik tarmog'ining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari o'rganildi

2022-08-29 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev "O'zcharmsanoat" uyushmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida uyushma rahbariyati charm-poyabzal sanoatining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari to'g'risida taqdimotlar o'tkazdi.

Taqdimotlarda quyidagi ma'lumotlar keltirildi: agar 2017- yilda sanoat korxonalari tomonidan qiymati 18 million dollar bo'lgan 17 ta loyiha amalga oshirilgan va 800 ta ish o'rni yaratilgan bo'lsa, 2021- yilga kelib 12 mingta yangi ish o'rni yaratilishi bilan umumiy qiymati 202 million dollarlik 112 ta loyiha amalga oshirildi. Davlat ko'magi tufayli 2026 yilga borib qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo'lgan 555 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, buning natijasida 50 mingta yangi ish o'rni yaratiladi.

Ishlab chiqarish hajmi ham shunga o'xshash o'sish trendini ko'rsatdi. 2017-yilda 760 milliard so'mlik, 2021-yilda 4,4 trillion so'mlik charm va poyabzal mahsulotlar ishalb chiqarildi. 2026-yilda esa 18,6 trillion so'mlik shu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Eksport nuqtai nazaridan ham o'sish kuzatilmoqda. 2017-yilda tashqi bozorlarga 105 million dollarlik, 2021-yilda 421 million dollarlik tovarlar yetkazib berildi. 2026 yilda esa sanoat korxonalari 1,2 milliard dollarga mahsulot eksport qilmoqchi.

Teri-poyabzal hamda jun va mo'ynachilik sanoatining rivojlanish istiqbollarini batafsil tahlil qilish jarayonida yuqori sifatli xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, klasterlarda, kichik sanoat zonalarida loyihalarni amalga oshirish bo'yicha muammolar va takliflar bildirildi. Bundan tashqari, mahsulot eksportini ko'paytirish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o'zbekistonlik korxonalarning ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etishi, sohadagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, mamlakatda va xorijiy davlatlarda yirik ulgurji savdo markazlarini tashkil etish mavzulariga to'xtalib o'tildi.

Muhokamadan so'ng Uyushma rahbariyatiga bildirilgan masalalarni batafsil o'rganish va sohani har tomonlama rivojlantirish bo'yicha navbatdagi tadbirlarni ishlab chiqish topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться