Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi «Sho‘rsuv» MFYda bo‘lib, bu yerdagi sanoat korxonalarining ekologiya va atrof-muhitga ta'siri yuzasidan navbatdagi monitoring ishlarini olib bo
Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi «Sho‘rsuv» MFYda bo‘lib, bu yerdagi sanoat korxonalarining ekologiya va atrof-muhitga ta'siri yuzasidan navbatdagi monitoring ishlarini olib bormoqda.
Ma'lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va joyida hal etish masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Ishchi guruh ham eng avvalo, murojaatlarni o‘rganishga e'tibor qaratib, bevosita shu sohaga aloqador tashkilotlarning mas'ullari ishtirokida aholi bilan muloqot tashkil etdi.
Ochiq muloqotda aholi murojaatlari tinglanib, hududdagi korxonalardan chiqayotgan chang, gaz ushlovchi zamonaviy qurilmalarini o‘rnatish va sozlash, ularning belgilangan ekologik me'yorlarga amal qilgan holda faoliyat olib borishi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga doimiy monitoring olib borish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Uchrashuvda Dvlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan hududda mavjud ekologik vaziyat yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ishchi guruh hududdagi mavjud sanoat korxonalari bilan yaqindan tanishdi va korxonalar ma'sullariga ekologik me'yorlarga amalga qilgan holda faoliyat yuritilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu tadbirlarda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari I. Boqijonov ishtirok etdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi