O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi faoning qishloq ayollari huquq va imkoniyatlarini kengaytirish loyihasida ishtirok etdi

2022-08-25 | Iqtisodiyot

Anqara shahrida (Turkiya) “Hech kim e’tibordan chetda qolmasin: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faolligini oshirish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasiga bag‘ishlangan birinchi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tojikiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston va Tojikiston (onlayn tarzda), Turkiya davlatlari vazirliklari, FAO vakillari, ekspertlar, fuqarolik jamiyati a’zolari va boshqa manfaatdor tomonlar qatnashdi. Unda loyiha konsepsiyasi, yondashuvi, konsensusga erishish va loyihani boshlash yuzasidan rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilindi.

Loyihaning maqsadi – Turkiya, Tojikiston va O‘zbekistonda qishloq joylarda o‘qish va daromad olish hamda ijtimoiy integratsiya uchun imkoniyatlar yaratish orqali gender kamsitish va chetlatishni bartaraf etishdan iborat.

Loyiha ijtimoiy inklyuziv qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlari hamda qishloq joylarda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni almashish uchun uch mamlakatning benefitsiarlarini birlashtiradi.

“Biz FAOga qishloq joylarda gender tenglikni ta’minlash borasidagi yetakchiligi, tajribasi uchun minnatdormiz va qishloq ayollariga teng iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etish dunyoga barqaror rivojlanish maqsadlariga eirshishda yordam berishiga ishonchimiz komil”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘limi rahbari o‘rinbosari Nabira Jumayeva. 

Ma’lumot uchun

Loyiha Turkiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Umumiy maqsad siyosiy ko‘mak ko‘rsatish, salohiyatni rivojlantirish va qishloq ayollarining gender tengligi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishni jadallashtirish, qishloqda qashshoqlikni kamaytirish va qishloq hamjamiyati hamda tashkilotlariga ishlab chiqarish resurslari, xizmatlar va bozorlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Bundan tashqari, loyiha qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanishni yaxshilash va shu orqali ularning turmushi hamda oilalari daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться