O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekistonlik yoshlar Turkiyada doktoranturada o'qish imkoniyati yaratilmoqda

2022-08-25 | Yoshlar

Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya 8-12 dekabr kunlari Turkiya Respublikasiga tashrif buyurgan edi.

Mazkur tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unda Turkiyada o'zbekistonlik yoshlar uchun doktorantura dasturini yo'lga qo'yish belgilangan.

Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Fazilat Qodirova ushbu rejani amalga oshirish doirasida Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida bo'ldi.

Turkiyada Istanbul texnika universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, professor professor Shule Itir, xalqaro ishlar bo'yicha prorektori Lutfie Durak va Mashinasozlik fakulteti dekani, professor Ekrem Tufekchi bilan uchrashuv o'tkazilgan edi.

Universitet rahbariyati bilan olib borilgan muzokarada muhandislik sohalarida doktorantura dasturini amalga oshirish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent texnika hamda Istanbul texnika universiteti bilan ikki tomonlama Diplom olish bo'yicha xalqaro dasturni tashkil etish bo'yicha Turkiya tomonidan qator takliflar berildi.

Unda qayd etilishicha, doktorantlarga dissertatsiya himoyasidan so'ng ikki tomonlama ya'ni Istanbul texnika universiteti va Toshkent davlat texnika universitetining falsafa doktori (PhD) darajasi diplomi beriladi.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti bilan Istanbul texnika universitetining injenerlik sohalarida magistratura bosqichi uchun ikki tomonlama diplom dasturlari (elektron muhandislik va telekomunikatsion muhandislik) tashkil etish etilishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv so'ngida oliy ta'limning magistratura bosqichida tegishli mutaxassisliklar bo'yicha qabul qilish asosida kelgusida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlari asosida tor amaliy mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlash modelini joriy etishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, uchrashuv doirasida universitetning ilmiy jarayoni haqida taqdimot qilindi hamda O'zbekistondagi iqtidorli yoshlarni Istanbul texnika universitetida qisqa muddatli stajirovka o'tashi kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться