O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Polshada “Yangi O‘zbekiston: tub islohotlar davrida rivojlanish dinamikasi” nomli jurnal chop etildi

2022-08-24 | Siyosat

Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston: tub islohotlar davrida rivojlanish dinamikasi” nomli jurnal chop etildi.

Ushbu jurnal  Varshavadagi “REA” noshirlik uyi va «Drukarnia Skleniarz» matbaa kompaniyasi tomonidan polyak tilida nashr qilindi.

Jurnalda mamlakatimizning so‘nggi olti yil davomida amalga oshirgan keng qamrovli islohotlari natijasida Yangi O‘zbekistonda siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarning yaratilishi tafsilotlari atroflicha qalamga olingani barobarida ijtimoiy davlat va mamlakatimiz barqaror taraqqiyotining qudratli omili sifatidagi Taraqqiyot strategiyasi to‘liq bayon etilgan.

Unda konstitutsiyaviy islohotlar, siyosiy va maʼmuriy tizimni takomillashtirish, parlament nazorati, zamonaviy mahalla instituti mavzulari keng yoritilgani bilan ham eʼtiborga sazovordir.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining inson huquqlarini taʼminlash, maʼmuriy, jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy qonunchilikni takomillashtirish borasidagi yangi tashabbuslarining mazmun-mohiyati bilan birga oila, xotin-qizlar va yoshlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotlar ham polshalik o‘quvchilarning eʼtiboriga havola qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan shakllantirilgan milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, IT-innovatsiyalar, “yashil” energiya, “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish masalalari ham jurnal sahifalaridan joy olgan maqolalarda o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida iqtisodiyotga, uni yana-da erkinlashtirish, raqobatni yaxshilash, monopoliyaga barham berish, xorijiy sarmoyalarni ko‘proq jalb etish, narxlarni barqarorlashtirish va hududlarga yana-da kengroq vakolatlar beradigan detsentralizatsiya,  mamlakatimizning yangi transport strategiyasining bir qismi sifatida transport arteriyalarini, jumladan, xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatlar qamrab olingan mavzular ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi tayin.

Ushbu jurnal sahifalaridan mamlakatimizning raqamli texnologiyalar asosida jadal rivojlanayotgan qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangi muvaffaqiyatlari, buyuk ajdodlarning boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish asosida Yangi O‘zbekistonning taʼlim, madaniyat, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, turizm va sport sohalaridagi bugungi holati va rivojlanishi istiqbollari haqidagi xabar-maqolalar ham o‘rin olgan.

Zamonaviy O‘zbekiston bilan polshalik o‘quvchilarni tanishtirishda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatining bugungi holati, uning zamonaviy tashqi siyosati, Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro hamkorligi, Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, davlatimiz rahbarining bu boradagi yangi tashabbuslari kabi muhim mavzularni qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning yangi tarixi yaratilgani, qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari kelajak avlodlar uchun munosib meros bo‘lib xizmat qilishi taʼkidlangan.

Mazkur jurnal 1 ming nusxada chop etildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться