O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Tog'-kon va metallurgiya tarmog'idagi innovatsiyalar» haftaligi boshlandi

2022-08-23 | Innovatsiya

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida «Tog'-kon va metallurgiya tarmog'idagi innovatsiyalar» haftaligi o'z ishini boshladi.

Tadbirda O'zbekistonda tog'-kon metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan «Navoiy kon metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy mashinasozlik zavodi», «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJ, «O'zmetkombinat» AJ kabi yirik metallurgik kombinatlar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi sohaviy ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari o'z innovatsion g'oya va ishlanmalari, innovatsion mahsulotlar bilan ishtirok etdi.

Tadbirning birinchi kunida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova hozirgi kunda geologiya, tog'-kon, metallurgiya sanoati mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining shakllanishida 10% tashkil etayotganini ta'kidlab o'tdi. Ushbu tarmoqlarni yanada rivojlantirish uchun qazilma boyliklarni qidirish, ma'danlarni qazib olish, qayta ishlash, tayyor mahsulot darajasiga keltirishdagi texnologik jarayonlariga yangi zamonaviy innovatsion va samarador bo'lgan texnologiyalarni joriy etish zarur.

Tadbir doirasida tashkil etilgan ko'rgazmada metallurgiya korxonalari tomonidan yangi o'zlashtirilgan innovatsion mahsulotlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarning olimlari tomonidan ishlab chiqilgan tog'-kon va metallurgiya sohasida qo'llanilishi mo'ljallangan ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.

Shu bilan birga ko'rgazma doirasida tarmoq vakillari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan dastlabki shartnoma va kelishuv hujjatlari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Innovatsion texnologiyalarni, mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda eksport o'rnini bosuvchi mahsulotlarni, ya'ni metallurgiya sohasida qo'llanilayotgan reagentlar, uskunalarni olimlar bilan birgalikda ishlab chiqarilishini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-2022-yillarda tog'-kon va metallurgiya yo'nalishida umumiy qiymati 31,4 mlrd. so'm bo'lgan 21 ta amaliy va innovatsion loyihalar moliyalashtirilgan. Haftalik davomida davlat buyurtmasi asosida moliyalashtirilayotgan ilmiy loyihalarning ijrochilari tomonidan uch kun mobaynida taqdimotlar o'tkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться