O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreya bilan hududlararo hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari ko'rib chiqildi

2022-08-12 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Koreya Respublikasining eng yirik viloyatlaridan biri Kensan-Pukto gubernatori li Chxol U bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muzokaralar davomida investitsiyalar, savdo va hududlararo hamkorlik sohalariga urg'u berilgan holda O'zbekiston-Koreya hamkorligining hozirgi holati va uni rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar joriy yilning avgust oyida bo'lib o'tgan "Kor-Uz To'qimachilik Texnoparki" hududida "Daegu Genbuk Mashinari kooperativ" marketing markazining ochilishini olqishladilar. Koreya tomoni ushbu markaz ikki mamlakat o'rtasidagi sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish, shu jumladan, keyinchalik uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishiga ishonch bildirdi.

O'zbekiston va Koreya hududlari ishlab chiqaruvchilari o'rtasida "yashil" energetika, elektronika, avtomobilsozlik, farmatsevtika va boshqa istiqbolli sohalarga sanoat kooperatsiyasini yo'lga qo'yish imkoniyatlari o'rganildi. Kensan-Pukto viloyati va O'zbekistonning turli hududlari ishbilarmon doiralari delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish, B2B va B2G formatlarida qo'shma biznes forumlari va muzokaralarni o'tkazish istiqbollari qayd etildi.

Suhbat davomida kasb-hunar ta'limi sohasidagi o'zaro hamkorlik istiqbollari ham ko'rib chiqildi. Koreya tomoni Kensan-Pukto viloyatidagi oliy o'quv yurtlarida o'zbekistonlik talabalarni o'qitish va kelgusida ushbu viloyatning yetakchi kompaniyalarida ishga joylashishga ko'maklashishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, O'zbekiston tomonidan "Inno texnopark" va "Akfa" universiteti hamda Koreya tomonidan "Genbuk texnopark" va "Yongnam" universiteti o'rtasida imzolangan to'rt tomonlama Memorandum doirasida qo'shma startap loyihalarini amalga oshirish va ilg'or texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlikda ish olib boorish muhimligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilish, shuningdek, o'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlarini ishlab chiqish maqsadida muntazam ravishda, shu jumladan videokonferentsaloqa tarzida muzokaralar olib borishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться