O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida “Welcome to Bustanlik” Birinchi Xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tdi

2022-08-12 | Jamiyat

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Amirsoy Resorts hamma mavsumda faoliyat yurituvchi dam olish maskani hududida ilk bor “Welcome to Bustanlik” Xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarusiya, shuningdek, O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlaridan kelgan mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 9,5 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent viloyatidagi 22 tuman va shaharlardan milliy taomlar, jumladan, o‘zbek palovi, So‘qo‘q kabobi, etnik taom - kalla-pocha, norin, xasip, mampar, tandir kabob, somsa va boshqa ko‘plab taomlar namoyish etildi. Festival yakunlariga ko‘ra Taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Toshkent viloyatining barcha tumanlaridan kelgan ishtirokchilarga sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, “O‘zbek palov ustalari” nominatsiyasida festival mehmonlari uchun an’anaviy milliy taom tayyorlagan Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari taqdirlandi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishda “Milliy PR-markazi” DUK hamda Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirlig, Amirsoy Resort dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ko‘magida ishtirok etdi.

“Welcome to Bustanlik” birinchi xalqaro milliy taomlar festivali viloyatda gastronomik turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish hamda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda yaxshi maydoncha bo‘lib xizmat qildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться