O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida anʼanaviy Аvgust konferensiyasi
2022-08-11 | Siyosat
Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida anʼanaviy Аvgust konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu anʼanaviy Аvgust konferensiyasini tashkil etishdan asosiy maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimida oʻtkazilayotgan ijtimoy-iqtisodiy islohotlar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni joriy etishdir.
Anʼanaviy Аvgust konferensiyasining Respublika bosqichida quyidagi asosiy masalalar koʻrib chiqildi:
- Maktabgacha taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar;
- Maktabgacha taʼlim tizimida 2021/2022-oʻquv yilida bajarilishi belgilangan asosiy vazifalar sarhisobi;
-Maktabgacha taʼlim tizimi rahbar va pedagog kadrlari faoliyati sifatini oshirish;
- Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni;
-Maktabgacha taʼlim tizimida 2022/2023-oʻquv yilidagi asosiy vazifalar.
Anʼanaviy Avgust konferensiyasining Respublika bosqichida hududiy maktabgacha taʼlim boshqarmalari hamda tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari rahbar va mutaxassislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va metodistlaridan iborat
150 nafar tinglovchi ishtirok etishdi.
Anʼanaviy Avgust konferensiyasining 150 nafar tinglovchilari
30 kishilik 5 ta guruhga boʻlinib, har bir guruhda ikki kun davomida tinglovchilar uchun malakali mutaxassislardan tashkil topgan 20 nafar maʼruzachilar tomonidan har biri
30 daqiqali 14 ta mavzudan iborat mashgʻulotlar olib borildi.
2 kunlik konferensiya davomida,
Maktabgacha taʼlimga oid oʻquv-meʼyoriy hujjatlar va ularning yuritilishi;
Bolalar salomatligini taʼminlashdagi asosiy vazifalar;
Bolalik akademiyasi - pedagoglar, ota-onalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moslashuvchan va koʻnikmalarga asoslangan taʼlim manbalari;
Maktabgacha taʼlim sifatini oshirishning dolzarb masalalari;
Pedagog kadrlar tarkibi sifati va ularni kasbiy rivojlantirish masalalari;
Maktabgacha taʼlimda innovatsiyalar;
Maktabgacha taʼlimda boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish vazifalari;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari amaliyotchi psixologlarining faoliyati samaradorligi;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil yetishning dolzarbligi;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish kabi mavzularida guruhlarga boʻlinib ishlandi.
Anʼanaviy Avgust konferensiyasi yakunida vazirlik rahbariyati tomonidan tinlovchilarga sertifikatlar topshirildi hamda 2021/2022-oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan rahbar va pedagog kadrlar ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, 2 kunlik konferensiya yakunlari yuzasidan Maktabgach taʼlim vazirligi Axborot xizmati tomonidan “Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalist, blogerlar, soha mutasaddilari ishtirok etishib konferensiya doirasidagi sohadagi taʼlim sifati yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi