O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi dalalarni dronlar yordamida o'rganmoqda

2022-08-11 | Jamiyat

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi paxta ekin maydonlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi raisi Ibrohim Abdurahmonov rahbarligidagi Paxtachilik kengashi a'zolari, uning boshqaruv guruhi a'zolari hamda tumanlar ishchi guruhlari a'zolari, shuningdek Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov ishtirokida  o'rganishlar tashkil etilmoqda.

Paxtachilik kengashi tomonidan paxta dalalari monitoringini o'tkazishda  dronlardan ham keng foydalanilmoqda.

Paxta maydonlarini dronlar yordamida monitoring qilib o'rganilishi o'simliklarning  vegetatsiya davrida kuzatish raqamli texnologiyadan foydalangan holda dalaning  zararkunanda hasharotlar bilan zararlanganligini aniqlash, sug'orish muddatlarini belgilash,   hosilni prognoz qilish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu amaliyot konturlar kesimida paxta dalalari to'g'risidagi ma'lumotlarning elektron ma'lumotlar bazasini yaratishga xizmat qiladi.

Hozirda Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashiga biriktirilgan viloyatlarning 13 ta tumanidagi paxta ekilgan maydonlarning har bir konturi bo'yicha foto, video materiallarning ma'lumotlar bazasi yaratilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться