O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni alohida nazoratda

2022-08-11 | Siyosat

Ma'lumki, 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Albatta, ushbu tadbir prokuratura organlari uchun ham favqulodda   muhim  ahamiyatga  ega.
 
Bunday muloqotning muqarrar ravishda beradigan natijalari, tadbirkorlik sohasiga kiritiladigan yangilik va ijobiy o‘zgarishlar iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot uchun hal qiluvchi omillar ekaniga ham shubha yo‘q.
 
Shu sababli, tadbirni munosib tashkil etish va o‘tkazish borasida prokuratura organlari zimmasida ham katta mas'uliyat bor va shunga mos ravishda tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
 
Jumladan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tashkil etilgan Respublika shtabiga “call-center”lar orqali kelib tushayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “qo‘shma topshiriq”  ishlab   chiqilib,   barcha   hududdiy   shtablarga   yuborilgan.
 
Kelib tushayotgan murojaatlarning mas'ul idoralar tomonidan hal etilishi kundalik nazoratga olingan.
 
Misol uchun, bugungi kungacha Respublika shtabiga kelib tushgan 8 100 ta murojaatning 4 760 tasi hal etilishi ta'minlandi.
 
Shuningdek, tadbirga tayyorgarlik davomida prokuratura organlari faoliyati bilan bog‘liq kelib tushgan jami 418 ta murojaat bevosita ko‘rib chiqildi.
 
Bundan tashqari, hududlarda tuzilgan shtablar mutasaddi idoralarning hisobotlarida hal qilingani ko‘rsatilgan murojaatlarning haqiqatda hal etilgani tegishli murojaat muallifi ishtirokida nazorat tartibida o‘rganmoqda.
 
Bunda, shtab a'zolarining murojaat etuvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, haqqoniy ma'lumotlarni olayotgani samarali bo‘lmoqda.
 
Ta'kidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan “qo‘shma topshiriq” imzolanganidan buyon 1 000  dan ortiq murojaat shtab a'zolari tomonidan xuddi shu tartibda o‘rganib chiqildi.
 
Shuningdek, ushbu tadbir davomida bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelayotgan eng dolzarb muammolar, ya'ni, biznesni moliyalashtirish, soliq, yer, infratuzilma va tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish borasidagi muammolar tizimlashtirilib, ularni hal etishga qaratilgan 20 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, Respublika shtabiga kiritildi.
 
Tadbirkorlik sub'ektlari hamda keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan holda “ochiq muloqot”ni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish borasida tegishli chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
 
Tashqi savdo, investitsiyalar va tadbirkorlik
 
sohalarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться