O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Fanlar akademiyasi o'zbekistonlik 3 nafar yosh olimning qisqa muddatli stajirovkasini moliyalashtirdi
2022-08-10 | Ta’lim
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya Fanlar akademiyasi hamkorligida yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo'yicha tanlov o'tkazdi.
Mazkur tanlov natijalariga ko'ra 18 nafar yosh olim Turkiya ilmiy-tadqiqot markazlarida qisqa muddatli stajirovkalar o'tashini e'lon qilgandik. Mazkur stajirovkalar xarajatlari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Mazkur tanlov g'oliblarining uch nafariga esa Turkiya Fanlar akademiyasi tomonidan qo'shimcha tarzda tadqiqotchilar uchun Turkiyada tashkil etiladigan 5 kunlik fundamental fanlar maktabiga yo'llanma berildi.
Toshkent farmatsevtika instituti «Farmatsevtik kimyo» kafedrasi tayanch doktoranti Gulnoza Xolturaeva, Matematika instituti Samarqand bo'linmasi katta ilmiy xodimi Akbar Safarov hamda O'zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti tayanch doktoranti Manzura Rahimova mazkur nufuzli ilmiy dastur doirasida joriy yilning 26-30 sentabr kunlari ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi