O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘limi Shaharsozlik va suv departamentining katta mutaxassisi Ruoyu Xu boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2022-08-05 | Ekologiya
Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 112,0 mln. dollarlik “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, amalga oshirilayotgan va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi