O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk va Astraxan' viloyatlarining delegasiyasi bilan uchrashuv

2022-08-04 | Siyosat

Toshkent shahar hokimligida Jahongir Ortiqxo‘jaev Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk va Astraxan' viloyatlarining delegasiyasi bilan uchrashdi. Delegasiyaga Chelyabinsk viloyatining gubernatori Aleksey Teksler boshchilik qildi.

Mehmonlarni qarshi olgan poytaxt hokimi hududlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini UJKX, ta'lim, shaharsozlik, turizm, san'at va madaniyat sohalarida o‘zaro manfaatli va tizimli aloqalarni o‘rnatish hamda qo‘shma musiqa, kino va teatr festivallarini o‘tkazish yo‘li bilan rivojlantirish hamda mustahkamlash zarurligini ta'kidladi.
 
A.Teksler qabul uchun minnatdorlik bildirib, J.Ortiqxo‘jaevni hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda to‘liq qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi. Gubernator Chelyabinsk viloyati osmono‘par binolar uchun unikal katta hajmli, a'lo izolyasiya xususiyatiga ega fasad oynalarini, shuningdek, qurilish kranlari va tramvaylar, obodonlashtirish va yong‘in xavfsizligi sohasi uchun osma uskunalar hamda boshqa turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchi ekanligini ma'lum qildi.
 
Turistik almashinuvning ahamiyati haqida so‘zlar ekan, A.Teksler hududlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovni yo‘lga qo‘yish, turistik taklif va yo‘nalishlarni standartlashtirish, logistikani yaxshilashning ahamiyatini ta'kidladi. Bu mamlakatlarimizda turizmni, shu jumladan, stomatologik va oftal'mologik sohalarda tibbiy turizmni yo‘lga qo‘yish va yaxshilashga xizmat qilishini aytib o‘tdi. Shuningdek, A.Teksler sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishda davom etish, hamkorlik shartnomasini tuzish va madaniy almashinuvni yo‘lga qo‘yish takliflarini bildirdi.
 
So‘ngra, Astraxan' viloyatining sanoat va tabiiy resurslar vaziri Il'ya Volinskiy Kaspiy dengiziga yo‘lni ochib turgan viloyat zamonaviy logistik xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatiga egaligini ma'lum qildi. I. Volinskiy Astraxanda savdo uyini ochish taklifini bildirdi – bu bizning korxonalarga butun Rossiya bozorini qamrab olish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, xususan, piyoz va kartoshkani yetishtirish va yetkazib berish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olayotgan Astraxan' universitetining muvaffaqqiyatini ta'kidlab, I. Volinskiy kasb ta'limi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni taklif qildi.
 
J.Ortiqxo‘jaev mehmonlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, ularning taklif va fikrlariga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro foydali va istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться