O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijon viloyatidagi istiqbolli innovatsion loyihalar saralandi
2022-08-04 | Innovatsiya
Andijon viloyati hokimligida hududdagi olimlar hamda tadbirkorlar tomonidan ilmiy-innovatsion loyihalarning taqdimoti bo'lib o'tdi.
Jarayonda viloyat hokimining o'rinbosari Botirjon Xamraev, Innovatsion rivojlantirish vazirligi boshqarma boshliqlari Axtamjon Daliev va Abdurashid Turg'unov ishtirok etib, muallif hamda tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan istiqbolli loyihalarni saralab olish, ularni moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlash orqali Andijonni innovatsion rivojlangan hududga aylantirishni jadallashtirish ekanligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.
Ishtirokchilar tomonidan noyob-dorivor o'simliklar etishtirish, xorijdan eksport qilinayotgan ashyolar o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, hududni turizm salohiyatini oshirish kabi 30 dan ziyod loyihalar asoslandi.
Mutasaddilarga loyiha tashabbuskorlarini qo'llab-quvvatlash va imkoniyatlar yaratib berish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi