O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
"Koreya-O'zbekiston" parlament do'stlik uyushmasi raisi bilan uchrashuv to'g'risida
2022-08-03 | Siyosat
2022-yil 3-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov "Koreya-O'zbekiston" parlament Do'stlik usyushmasi raisi Park Kvang On boshchiligidagi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi.
Muloqot chog’ida qayd etilganidek, Janubiy Koreya parlamen vakillarining O'zbekistonga tashrifi ochiqlik, o'zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama do'stlik va maxsus strategik sheriklik munosabatlarining kengayib, mustahkamlanib borayotganidan yana bir bor dalolat beriad.
Pak Kvang U Koreya Respublikasi Yangi O'zbekistondagi keng ko'lamli o'zgarishlar, jumladan, mamlakatning Asosiy qonunini isloh qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar jarayonini qat'iy qo'llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Milliy Assambleyaning O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil dekabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosiga ko’maklashishga tayyorligi ta’kidlandi.
Turli darajadagi, jumladan, "Markaziy Osiyo + Koreya Respublikasi" shaklidagi bo'lajak tadbirlar jadvali bo'yicha fikr almashildi.
Raqamlashtirish va elektron hukumat sohalarida hamkorlikni jadallashtirish, qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Pak Kvang Onning ta'kidlashicha, O'zbekiston Koreya Respublikasi uchun investitsiya kiritish, birgalikda ishlab chiqarish quvvatlarinini tashkil etish va biznes yuritish nuqtayi nazaridan jozibador mamlakat bo'lib qolmoqda.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi