O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston-Turkiya: ikki tomonlama savdoni rivojlantirish asosiy ustuvor vazifadir

2022-08-03 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirinig o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Turkiya Respublikasi savdo vaziri Mehmet Mush bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o'zaro savdoni faollashtirishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha fikr almashdilar.

Ta'kidlanishicha, so'nggi besh yil ichida o'zaro savdo hajmi ikki baravar o'sdi va 2021-yilda 3,4 milliard dollarga etdi. O'zbekiston-Turkiya tovar ayirboshlash hajmini 2023-yilda 5 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 10 milliard dollarga yetkazish maqsadida ushbu yo'nalishdagi hamkorlikni davom ettirishga o'zaro tayyorlik bildirildi.

Shu nuqtai nazardan, tomonlar yaqin kelajakda Imtiyozli savdo to'g'risidagi bitimni ratifikatsiya qilish uchun uni kelishish jarayonini tezlashtirishga kelishib oldilar. Shuningdek, savdo to'siqlarini bartaraf etish, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish va ushbu sohada raqamli yechimlarni joriy etish bo'yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.

Uchrashuv ishtirokchilari transport-logistika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar. Ikki mamlakat o'rtasida avtomobil va havo transporti orqali yuk tashish ko'rsatkichlarining ijobiy dinamikasini hisobga olgan holda, tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda ikki davlat o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri va tranzit yuk tashish hajmini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi to'g'risida yakdil fikrga keldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar e'lon qilingan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo'yicha navbatdagi sa'y-harakatlarni hamda ko'rib chiqilgan barcha yo'nalishlar bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish yo'llarini belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться