O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv haqida

2022-08-02 | Siyosat

2022-yil 2-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov "O'zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" muloqot formatining birinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushog'lu bilan uchrashuvdi.

Bo’lib o’tgan muloqot chog’ida qayd etilganidek, zamonaviy bosqichda O'zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki mamlakat rahbarlarining qat'iyati va ishonchli muloqoti tufayli yuksak o'sish sur'atini namoyon etib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda.

O'zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlariini kengaytirish yuzasidan oliy darajada  erilishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbekiston va Turkiyaning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlandi.

Dunyodagi va mintadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Turkiya delegatsiyasi Toshkent shahrida Afg'oniston bo'yicha bo'lib o'tgan konferentsiya natijalarini yuqori baholadi. Tomonlarning Afg'oniston yo'nalishidagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish va bu mamlakatga gumanitar yordam ko'rsatishga tayyorligi e’tirof etildi

M.Chavushog'lu Toshkent shahrida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas'ul bo'lgan uch mamlakat vazirliklari rahbarlari ishtirokida "O'zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqoti birinchi yig'ilishini o'tkazish muhimligini ta'kidladi.

Ikki tomonlama va ko'p tomonlama darajada rejalashtirilgan tadbirlar, shu jumladan, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari ko'rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться