O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

International Digital ta'lim muassasasi rahbariyati bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

2022-08-02 | Ta’lim

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov International Digital ta'lim muassasasi loyihasi asoschisi Ibrohim Hurramov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvga ta'lim muassasasi raisi Alan Frans onlayn tarzda ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘z navbatida, raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e‘tibor qaratildi. O‘zbekistonda IT-ta‘limni rivojlantirishda ushbu ta'lim muassasasi bilan birgalikda ish olib borish muhimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, AKT vazirligi bilan hamkorlik qilgan holda ta‘lim sifatini ta‘minlash, korxona va tashkilotlar bilan universitet o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi hamda kelgusida o‘zaro manfaatli sherikchilikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться