O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryo “Yoshlar turizmi” qurultoyiga mezbonlik qiladi

2022-08-01 | Turizm

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan joriy yilning 8–12-avgust kunlari “Yoshlar turizmi” qurultoyi o‘tkaziladi. 

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-aprelda qabul qilingan ''Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil qilinmoqda. 

Qurultoyda 800 nafar ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Xususan, MDH davlatlaridan (Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) yoshlar Shahrisabz tumaniga tashrif buyuradi. Shuningdek, Abbos Sulaymonov, Husnora Shodiyeva, Ruxsora Mirjalilova, Elyor Meliboyev, Hojiakbar Ro'zmetov kabi yoshlar orasida mashhur bo'lgan bloger va xonandalar ham ishtirok etadi.

“Lochin” oromgohida boshlanadigan tadbirdan  kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari boʼyicha sport musobaqalari, madaniy koʼngilochar tadbirlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o‘rin olgan. Shuningdek, yoshlar taniqli teatr va kino ijodkorlari bilan ijodiy muloqot qilish imkoniga ega boʼlishadi. 

Bundan tashqari, qurultoy doirasida ishtirokchilar uchun turizm obyektlariga sayohatlar uyushtirilishi rejalashtirilgan. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun infotur ham tashkil qilinadi. 

Tadbir mahalliy va xorijiy OАV orqali yoritiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться