O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faol yoshlar uchun sayohat tashkil etildi

2022-08-01 | Yoshlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan Bo‘zatov, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Nukus, Sho‘manoy va Taxtako‘pir tumanlarida istiqomat qiluvchi 50 nafar yoshning Xiva shahriga sayohati tashkillashtirildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar orasida namuna ko‘rsatgan faol yoshlarning mamlakatimiz bo‘ylab turizm ob’ektlariga sayohatlarni tashkillashtirish maqsadida Qo‘shma dastur tasdiqlangan edi. Dasturga asosan tashkil etilgan sayohat davomida yoshlar Ichan qal’a me’moriy shaharcha hududidagi Juma masjidi, Muxammad Aminxon, Olloqulixon, Qutlig‘ Murod Inoq, Sherg‘ozixon madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi hamda boshqa me’moriy obidalar bilan yaqin tanishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarimizni o‘tmishimiz va tariximiz, ajdodlarimiz madaniyati, ma’rifatini o‘rganish orqali ham ma’naviy ham ma’rifiy tarbiyalashdan iborat.

Manba: O'zA

Поделиться