O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashida soha oldida turgan muammolar muhokama qilindi

2022-08-01 | Ta’lim

Innovatsion rivojlanish vazirligida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar, xususiy urug'chilik korxonalari, klaster xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Yig'ilishga Paxtachilik kengashi raisi, Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi. Yig'ilish onlayn va oflayn shaklda o'tkazildi. 

Yig'ilishdan maqsad paxta navi mualliflarining navlarni joylashtirishdagi to'siqlarni o'rganish, paxta navlarining haqqoniy salohiyatini ko'rsatib berish, navlarni sinash va navlarni monitoring qilishdagi kamchiliklarni bartaraf etish masalalarini muhokama etishdir.

Yig'ilishda paxta navlarini hududning iqlim-tuproq sharoitlariga qarab ekilishini ta'minlash, paxta navlarini almashlab ekish, har bir navga mos agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. I. Abdurahmonov nav mualliflariga o'z navlarining real hosildorligini aniqlash maqsadida dala maydonlariga chiqib monitoring ishlarini amalga oshirishlari bo'yicha topshiriq berdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi yig'ilishida milliy paxta navlarini marketingi bilan shug'ullanishiga alohida e'tibor berishi lozimligi ta'kidlandi. Bunda paxta navlarining xususiyatlari, o'ziga xos jihatlari aks etgan, talabga javob beradigan suratlar bilan boyitilgan al`bomlar chop etish va ularni klasterlarga taqdim qilish kerakligi qayd etildi.

Yig'ilishda paxta navlari mualliflari mualliflik huquqi bo'yicha mavjud muammolarni ham ko'tardilar. Bu masalani klasterlar bilan o'zaro manfaatli tarzda hal qilish mexanizmini ishlab chiqishga kelishildi. Nav muallilari tomonidan olinadigan gonorarlar to'lovlarining yangi tizimini yaratish bo'yicha takliflar olindi.

Bundan tashqari har bir navga bog'lagan holda urug'chilik spin-off kompaniyalarini tashkil etish bo'yicha kelib tushgan takliflar o'rganilib, Paxtachilik kengashi tomonidan ularga metodik jihatdan ko'mak berilishi aytib o'tildi. Murojaat etgan 10 ta kompaniyaga o'z ish rejalarini Paxtachilik kengashiga taqdim etishlari bo'yicha topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться