O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Rossiya turizm forumida hamkor davlat sifatida ishtirok etadi

2022-07-29 | Turizm

O‘zbekiston 4–7-avgust kunlari Moskvada “ВДНХ” (Выставка достижений народного хозяйства — xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi) sanoat maydonida bo'lib o‘tadigan «Путешествуй!» (“Sayohat qil!”) turizm forumida hamkor davlat sifatida ishtirok etadi.

Mazkur tadbir Roskongress jamg‘armasi tomonidan Turizm federal agentligi (Rosturizm) va ВДНХ hamkorligida tashkil etilmoqda.  Forum Rus Geografiya Jamiyati va Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (АТОР) ko‘magida bo‘lib o‘tadi. 

Ma'lumot uchun, 2022-yilning mart oyida turistlar oqimini birgalikda oshirish bo‘yicha harakat rejasi imzolangandi. Xususan, Rossiya va O‘zbekistonda Turizm yilini o‘tkazish, “Buyuk ipak yo‘li” turizm yo‘nalishini rivojlantirish va hokazolar rejalashtirilgan.

“Biz forum tashkilotchilari sifatida bu yil O‘zbekiston hamkor davlat ekanidan faxrlanamiz. Bu boy tarixga va qadimiy meʼmoriy obidalarga ega mamlakat. So‘nggi yillarda ko‘plab rossiyaliklar O‘zbekistonni alohida e’tirof etishmoqda. Forum mehmonlari O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari, yo‘nalishlari va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishadilar. Bundan tashqari, ular Toshkentning eng yaxshi oshpazlari tomonidan tayyorlangan palovni tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, — dedi Roskongress jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Vladimir Zatinayko.

Forumda Turizm va madaniy meros vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK, “Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasi, “OʻZSHAROBSANOAT” AJ vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida ikkita stendni taqdim etadi: biznes-stend hamda mamlakatimizning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stend. 

Biznes-stend 55-pavilyonda joylashtirilib, unda mamlakatimizning yangi manzillari va sayyohlik yo‘nalishlari namoyish etiladi.  Shuningdek, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti vakillari turizm sohasida ta’lim olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritadilar. O‘z navbatida, O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stend 55-pavilyonga tutash hududda joylashtiriladi.  

Bu yerda Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan hunarmandlarning ishlari, oʻzbek milliy taomlari, sayyohlikning turli ko‘rinishlari haqida maʼlumotlar taqdim etiladi, shu bilan birga, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan sharoblar degustatsiyasi (tatib koʻrish marosimi) va hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash boʻyicha mahorat darslari tashkil etiladi.

Shuningdek, forum doirasida Rossiya Federatsiyasi davlat tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish, Rossiya turizm sanoati subyektlari bilan B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish hamda yalpi muhokama va konferensiyalarda ishtirok etish rejalashtirilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться