O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz”
2022-07-29 | Texnologiyalar
“Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala – bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish o‘rinlari yaratish uchun o‘ta muhim zamin”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqotdan so‘ng.
Davlatimiz rahbari maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlar direktor va rektorlariga murojaat qilib, ularni har bir o‘quvchi va talaba IT bilimlari va chet tillarini egallab chiqishlariga masʼul bo‘lishga chaqirdi.
Bugun aytilgan barcha takliflar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi taʼkidlandi.
“Siz, yoshlardan hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, o‘rtoqlaringizga shuni yetkazishlaringizni so‘rayman.
Davlat tomonidan IT sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha kerak bo‘ladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz. O‘zimdan boshlab hamma rahbarlar sizlar bilan doimiy muloqotda bo‘lamiz”, – dedi Prezident uchrashuv yakunida.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi