O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston va Bangladesh o'zaro savdoni rivojlantirmoqchi

2022-07-29 | Iqtisodiyot

O'zbekiston hukumati delegatsiyasining Bangladesh Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Dakka shahrida Bosh vazir o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Bangladesh savdo vaziri Tipu Munshi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini qamrab olgan samimiy muloqot jarayonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga alohida e'tibor qaratildi. Pandemiya savdo ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatgani va o'zaro savdoning hozirgi dinamikasi ikki mamlakat iqtisodiyotlari salohiyatiga mos kelmasligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan tomonlar savdo to'siqlarini bartaraf etish, o'zaro ko'rgazma va yarmarkalarni tashkil qilishni nazarda tutgan holda savdo aylanmasini kengaytirish bo'yicha o'zaro amaliy choralar ko'rishga kelishib oldilar.

Investitsiyaviy hamkorlik doirasida qo'shma korxonalar tashkil etish orqali sanoat kooperatsiyasini faollashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu, o'z navbatida, keyinchalik ishlab chiqarilayotgan yo'qori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlarni uchinchi davlatlar bozorlariga ilgari surishga imkon beradi. Masalan, Bangladesh Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Hindiston, Shri-Lanka bozorlariga bojsiz tovarlarni olib kirish huquqiga ega, shu bilan birga O'zbekiston aholisi 300 million bo'lgan MDH mamlakatlari bilan erkin savdo shartnomasini imzolagan.

Qishloq xo'jaligi Bangladeshdagi eng yirik bandlik sektori bo'lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 14,2 foizini tashkil etadi. Ushbu yo'nalishda tomonlar hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarni ko'rmoqdalar. Xususan, suhbat chog'ida so'z meva va sabzavotlarni chuqur qayta ishlash, qadoqlash va yuqori qo'shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga mo'ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarni yaratish haqida bordi.

Uchrashuv davomida transport va logistika, mamlakatlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovini tiklash, to'qimachilik, charm va farmatsevtika sanoatida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Bangladesh to'qimachilik universiteti (BUTEX) ning O'zbekistonda filialini ochish istiqbollari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan barcha masalalar bo'yicha birgalikda ish olib borish mexanizmlari belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться