O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo'yicha yakuniy bosqich saralash tanlovlar natijalarini e'lon qiladi

2022-07-29 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o'rinlarda - Vazirlik) tomonidan yosh olimlarni Vengriya qishloq xo'jaligi va tabiiy fanlar universitetiga hamda Turkiya Fanlar Akademiyasi va Turkiyaning “TUBITAK BILGEM” Informatika va axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida e'lon qilingan maqsadli tanlovlar va boshqa tanlovlar yakuniy natijalari to'g'risida quyidagilarni ma'lum qilamiz.

“Yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to'g'risida” Nizomga va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Maxsus ekspert guruhining


2022-yil 6-iyundagi 92-son hamda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi Kuzatuv kengashining 2022-yil 22-iyulda tasdiqlangan 4-son yig'ilish bayonlari qarorlariga muvofiq nomzodlar ro'yxati ma'qullandi va tasdiqlandi. Shu jumladan:

1-ilovaga muvofiq 46 nafar yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida g'olib nomzodlar yig'ma ro'yxati tasdiqlandi;

2-ilovaga muvofiq 100 nafar yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish rad etilganligi to'g'risidagi yig'ma ro'yxati ma'qullandi.

Shu bilan birga, qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishni muvofiqlashtirish yuzasidan Maxsus ekspert guruhi tomonidan quyidagi taklif va tavsiya hamda xulosalar berildi:

  1. Saralash jarayonida stajirovkaga borish muddati o'tib ketgan g'olib nomzodlar bo'yicha ularni tavsiya qilgan ilmiy yoki oliy ta'lim tashkiloti (keyingi o'rinlarda - Buyurtmachilar) tomonidan yangi muddatlar belgilangan qo'shimcha taklifnoma va stajirovka davrida amalga oshiriladigan ishlar dasturi (agar muddatlar ko'rsatilgan bo'lsa) Innovatsion rivojlanish vazirligiga (keyingi o'rinlarda - Vazirlik) taqdim etilishiga imkoniyat (ruxsat) berildi.

Bunda, mazkur ma'lumot (hujjat)lar Buyurtmachilar tomonidan natijalar e'lon qilingandan so'ng 6 oylik muddatda Vazirlikka taqdim etilmagan hollarda stajirovka o'tashga yuborish rad etilgan hisoblanadi.

Shuningdek, nomzodlar tomonidan rejalashtirilgan stajirovkaning davomiylik muddati Maxsus ekspert guruhida tasdiqlangan stajirovka muddatidan oshmasligi shart.

  1. Maxsus ekspert guruhining qaroriga asosan g'olib nomzodlarni stajirovka o'tash uchun talab etiladigan mablag'larini natijalar e'lon qilingandan so'ng, stajirovkaga yuborish oldidan Innovatsion rivojlanish vazirining buyrug'iga muvofiq tasdiqlanadigan joriy narhlardagi (transport, yashash, ovqatlanish va boshqa) harajatlar smetasi asosida belgilanadi.
  2. Buyurtmachilar nomzodlarning xorijiy tillarni tasdiqlangan
    o'z dasturlari doirasida ilmiy stajirovkani amalga oshirishda zarur bo'lgan darajada bilishi va qo'llay olishini natijadorligini oshirish maqsadida saralash tanlovlarga ro'yxat shakllantirishdan oldin ular bilan suhbatlar o'tkazishni va xorijiy tillar bo'yicha kurslar tashkil etishi shu bilan birga, ilmiy stajirovka o'tash davomiyligini asosli belgilanishi yuzasidan ko'rib chiqishi zarur.
  3. Buyurtmachilar ilmiy stajirovkalaga yuborish uchun tavsiya etiladigan nomzodlar bo'yicha nufuzli (etakchi) xorijiy ilmiy tashkilotlar (markazlar, universitetlar va boshqalar) tanlanishini hamda O'zbekiston sharoitida amalga oshirish mumkin bo'lgan tadqiqot ishlari rejalashtirilmasligini nazoratga olishlari lozim.
  4. Buyurtmachilar stajirovka uchun talab etiladigan mablag'lardan yashash xarajatlarini belgilashda “Vazirliklar, idoralar, korxonalar
    va tashkilotlar xodimlari O'zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag'lar berish tartibi to'g'risida”gi Nizom (AVda 19.01.2015y, 2730-son bilan ro'yxatga olingan)ga muvofiq belgilangan me'yorlardan oshib ketmagan holda tasdiqlovchi hujjatlar asosida iqtisodiy tejamkorligi va stajirovka uchun muayyan afzalliklarga (masofasi yaqinligi, qulay transport qatnovi yoki/va shu kabilar) egaligi bo'yicha (asoslangan takliflar asosida) belgilanilishiga alohida e'tibor qaratilishi zarur.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться