O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijonda televizor ishlab chiqariladi
2022-07-28 | Texnologiyalar
Andijonlik tadbirkor "ASR" MCHJ tomonidan viloyatda televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kecha, 27-iyul kuni MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan ilk mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur taqdimotda viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov ishtirok etdi.
Taqdimot davomida tadbirkor televizor ishlab chiqarish korxonasining faoliyatini yo‘lga qo‘yib, bu orqali 75 ta yangi ishchi o‘rni yaratganini bildirdi.
Shuningdek, loyihaga asosan "Andijon" televizorlari sotuvga qo‘yilib, mahsulotlar brend darajasiga olib chiqiladi.
Ta’kidlanishicha, loyiha bir yilda 50 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Manba: «Yangi O"zbekiston»