O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bahardeen Mohamed Fazal: "Ichan qal'a — men ko'rgan maskanlar orasida eng yaxshisi"

2022-07-28 | Turizm

Singapur Respublikasining "Crescent Rating" kompaniyasi eksperti janob Bahardeen Mohamed Fazal Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. 

Mazkur tashrif Xiva shahrining 2024-yilda Islom dunyosi turizm poytaxti sifatida e'tirof etilishi doirasida amalga oshirildi. Maqsad xorijlik ekspert bilan bo'lib o'tishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashish, qolaversa, Bahardeen Mohamed Fazalni Xorazm bilan yaqindan tanishtirib, fikrlari bilan o'rtoqlashish edi.

Tashrif davomida Bahardeen Mohamed Fazal  "Ichan Qal'a" davlat muzey qo‘riqxonasi hududining ziyorat turizmi imkoniyatlarini o‘rgandi.  "Bu Ichan qal’aga ilk tashrifimdir, — dedi  Bahardeen Mohamed Fazal. — Ajoyib atmosfera, tarixiy ko'rinish kelajak avlod uchun bugungi kungacha saqlab qolingan. Ishonchim komilki, Ichan qal'a — men ko'rgan joylar orasida eng yaxshisi. Hammaga Xivaga kelib, Ichan qal'aning go'zalligidan bahramand bo'lishni tavsiya qilaman". Eskpert, shuningdek, hududdagi "Juma" masjid, "Sayyid Alovuddin bobo" va "Pahlavon Mahmud" maqbaralarini ziyorat qildi, "Hotel Farovon Khiva" mehmonxonasini ham ko‘zdan kechirdi. Bundan tashqari, ekspert Xiva shahar hokimi Temur Davletov bilan uchrashib, Xiva shahrining turizm sohasidagi mavjud potensial va istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, Xivaning "Islom dunyosi turizm poytaxti – 2024" maqomini olishi munosabati bilan bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan o‘z maslahatlarini berdi.  Tashrif yakunida mehmonga Xiva shahar hokimligi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, “CrescentRating” tashkiloti 2015-yildan boshlab “Mastercard” xalqaro moliya tashkiloti bilan birgalikda har yili “Jahon musulmon sayohati indeksi” xalqaro reytingini tuzib boradi. Tashkilot hisobotlaridagi maʼlumotlardan dunyo miqyosida turizm ekspertlari, ommaviy axborot vositalari va taʼlim muassasalari asosiy statistik-tahliliy manba sifatida, ilmiy ishlar, taqdimotlar hamda maqolalarda keng foydalanishadi.

Eslatib o'tamiz, 2021-yilda O‘zbekiston “Musulmon sayyohlar uchun qulay hudud (destination)” reytingida 16-o‘rinda qayd etildi (2019-yilda 22-o‘rin).

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться