O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyadagi ko‘rgazmada O‘zbekistonda organik mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilmoqda

2022-07-28 | Iqtisodiyot

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Germaniyaning Nyurnberg shahrida o‘tkazilayotgan “BIOFACH 2022” organik mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida Germaniyaning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat Federal vazirligi qoshidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha Federal tashkilotining bosh inspektori Anna Kober bilan O‘ZR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Organik qishloq xo‘jaligi va maqbul qishloq xo‘jaligini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Djumanov hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti prorektori M. Atajonovlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida organik mahsulotlarga Germaniyaning BIO leyblini belgilash, organik mahsulotlarni Germaniyaga olib kirish, ularni qayta ishlash yoki qadoqlash tartiblari bo‘yicha maslahatlar olindi. Muzokara davomida o‘zaro kelishuv tuzish va birgalikda Germaniya bozoriga organik mahsulotlarni olib kirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Bundan tashqari, vazirlik delegatsiyasi “AFC”ning texnik maslahatchisi Andrey Lozan bilan organik mahsulotlarni yetishtirish jarayonida subsidiyalash tartiblari bo‘yicha maslahatlashib olishdi. Suhbat davomida organik dehqonchilikka o‘tish davrida subsidiya ajratish bo‘yicha rivojlangan davlatlarning malakasiga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, organik dehqonchilikni subsidiyalash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va tartiblar bilan tanishib chiqildi.

Shuningdek, vazirlik mutaxassislari Latviya Davlatining STC organik sertifikatlash xizmati rahbari A. Makaryavichyus bilan ham uchrashib, O‘zbekistonning GDF kompaniyasi bilan boshlang‘ich sertifikatlashtirish jarayonini boshlash bo‘yicha kelishib olishdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonda organik mahsulotlarni yetishtirish jarayoni haqida maxsus tanishtiruvchi taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться