O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

2022-07-27 | Ta’lim

Hozirgi vaqtda qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar uchun Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihonlar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahoratlari maktabi hamda Nukus olimpiya va paralimpiya zaxiralari kolleji binolarida kuniga 3 mahal o‘tkazilmoqda. 5-sinflar uchun test jarayonlari 25-iyul kuni boshlangan bo‘lsa, 26-iyul kuni 8-sinflar, 27-iyul kuni 7-sinflar, 28-iyul kuni 6-sinflar, 29-iyul kuni 9-11-sinflar va 30-iyul kuni 10-sinflar uchun bo‘lib o‘tadi.
 
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, imtihonlarda 20 ming nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘quvchilarga testlarni ishlash uchun 120 daqiqa vaqt ajratilmoqda. Ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
 
Dovud Abibullaev, Maqsad Habibullaev (surat), O‘zA

Manba: Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

Поделиться