O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“IT Park Rewind 2022” tadbiri doirasida tashkil etilgan “AQSH va Yevropa davlatlariga eksport” sessiyasida AKT vaziri BPOga bunchalik katta e’tibor qaratilayotganining sababini tushuntirdi

2022-07-27 | Texnologiyalar

Toshkent shahridagi “Astrum” IT akademiyasida bo‘lib o‘tgan “IT Park Rewind 2022” tadbiri doirasida “AQSH va Yevropa davlatlariga eksport” yig‘ilishi ham tashkil etildi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, sessiyada berilgan savollarga javoblar qaytardi.

Jumladan, AKT vaziri biznes jarayonlarini autsorsing qilish (BPO) yo‘nalishiga bunchalik katta e’tibor qaratilayotganining sababini tushuntirdi.

Vazir Sh. Shermatov aslida e’tibor markazi kengayganini, ayni sabablarga ko‘ra BPOni ustuvorliklar ro‘yxatiga kiritganini qayd etdi.

“IT-ni rivojlantirish bo‘yicha strategiyamiz eng qimmatli boyligimiz – inson kapitali atrofida qurilgan. 35 millionlik aholimizning 60 foizini yoshlar tashkil etishi ko‘plab kompaniyalarni o‘ziga tortadi. Vazirlik IT-Park bilan birgalikda boshidanoq sonni sifatga aylantirish ustida ishlab kelmoqmoqda.

BPO sohasi yoshlarga masofadan turib xizmatlarini ko‘rsatish orqali yuqori daromad topishni boshlash uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni tezda o‘zlashtirish imkonini beradi. Ushbu sohani kengaytirish va rivojlantirish eksport hajmini oshirish imkoniyatidan tashqari, katta ijtimoiy ahamiyatga ega muammolardan biri – yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini ta’minlash muammosini yechadi”, – deya ta’kidladi AKT vaziri.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillardan buyon respublikamizning og‘ir va chekka hududlaridagi kam ta’minlangan oilalar yoshlari qo‘shni davlatlarga past malakali ish izlab ketib, begona yurtda katta xavf-xatarlarga uchrab kelgan. Shunday qilib, aynan BPO sohasi bu yoshlarga qisqa vaqtda kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirib, o‘rtacha u chet davlatlarida topadigan daromaddan kam bo‘lmagan miqdorda daromad topish imkoniyatini yaratib beradi.

Uchrashuv davomida yig‘ilishda ishtirok etganlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться