O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

INNO texnopark Turkiyaning Yildiz texnoparkiga ishonchli boshqaruvga topshirildi

2022-07-27 | Texnologiyalar

O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiyaning Yildiz texnika universiteti qoshidagi Yildiz texnoparki o'rtasida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi INNO texnoparkni ishonchli boshqaruvga topshirish bo'yicha shartnoma imzolandi.

INNO texnoparkini ishonchli boshqaruvga topshirish bo'yicha shartnomani Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Yildiz texnoparki rahbari Orhan Tanishman imzoladilar.

Mazkur hamkorlikdan ko'zlangan maqsad zamonaviy texnologiyalar, sun'iy intellekt, startap ekotizimini rivojlantirish hamda yangi o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'lib, bunda investitsiyalarni jalb qilgan holda yangi istiqbolli innovatsion ishlanmalarni iqtisodiyotning turli sohalariga tatbiq etish nazarda tutilgan.

Yildiz texnoparki INNO texnoparkni boshqarishda axborot-uslubiy, texnologiyalar transfer va inkubatsiya markazini boshqarishda yordam berishi ko'zda tutilgan. Shartnomaga ko'ra, boshqaruvchi kompaniya tomonidan INNO texnoparki rezidentlarining innovatsion loyihalarini qo'llab-quvvatlanadi, ularga marketing xizmatlari ko'rsatiladi, TIKA, Tübitak kabi turk tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishda ko'mak beriladi, Turkiyadan investitsiya fondlari, biznes farishtalar, venchur kapitallarini jalb qilinadi.

Shuningdek, INNO texnopark rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro ko'rgazmalarda namoyish etish va ularni sanoat korxonalarida qo'llash hamda tashqi bozorlarga chiqarish masalalari ham shartnoma shartlariga kiritilgan. Bundan tashqari boshqaruvchi kompaniya milliy va xalqaro grant mablag'larini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi, universitetlar va sanoat ob'ektlari o'rtasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yadi,  intellektual va sanoat mulki huquqlarini boshqarishda yordam beradi, korporativ va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi.

endilikda INNO texnoparkda akseleratsiya va inkubatsiya dasturlari ham keng yo'lga qo'yiladi. Innovatsion loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlar uchun treninglar, mentorlik, murabbiylik xizmatlari ko'rsatiladi. Yuridik shaxslar va loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan biznes-rejalar ekspertlarni jalb qilgan holda ekspertizadan o'tkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться