O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumani

2022-07-27 | Ta’lim

Maktabgacha taʼlim vazirligi binosida “ Maktabgacha taʼlim vazirligining 2022-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda  2022-yil I yarim yilligida amlaga oshirilgan ishlar haqida hisoboti” mavzusidagi matbuot anjumanida erishilgan ijobiy koʻrsatkichlar haqida hisobot berildi, ular quyidagilar:

2022-yilning birinchi yarmida Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

Bugungi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari koʻrilmoqda.

Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni
28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi koʻrsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi.

5 060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11 970 quvvatga ega 342 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Namangan va Qoʻqon shaharlarida tajriba-sinov tariqasida 1 400 nafardan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish boʻyicha maktabgacha taʼlim klasterlari faoliyatini tashkil etildi.

Subsidiya va kompensatsiyalarni ajratish jarayonini raqamlashtirish, bunda inson va korrupsion omillarini yoʻqotish maqsadida “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi tajriba sinovdan oʻtkazildi. 28 245 nafar Pedagogika kollejlari bitiruvchilaridan 21 915 nafari ish bilan taʼminlandi.

Shu bilan birgalikda matbuot anjumanida mavjud muammolar va ularning yechimi boʻyicha vazifalar ham  quyidagicha maʼlum qilindi.

 Muammolar

Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensatsiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida
7,4 mlrd soʻm miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilmagan.

Respublikaning 41 ta tuman (shahar) larida qamrov darajasi 60 foizdan past. Jumladan, Chiroqchi (32,8%), Qamashi (41,5%), Kitob (41%), Yangiyoʻl (45,3%) va Denov (44,9%) tumanlarida qamrov darajasi past boʻlib qolmoqda.

Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy maʼlumotga ega ekanligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu koʻrsatkich Toshkent viloyatida
24,6 foizi, Sirdaryo viloyatida 26,4 foizi va Namangan viloyatida 27,8 foizi tashkil etadi.

Vazifalar

Vazirlar Mahkamasining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibini belgilash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Nodavlat xususiy sektorni qoʻllab quvvatlash maqsadida zarur kredit va subsidiyalarni ajratish choralarini koʻrish.

Oliy taʼlim muassasalarining 8 814 nafar maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga yoʻllanma asosida yuborish choralarini koʻrish.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Поделиться