O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston va Bangladesh ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirmoqchi

2022-07-26 | Iqtisodiyot

Bosh vazir o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J. Xodjayev Bangladesh Xalq Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi M. Alamni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O'zaro savdo hajmini oshirish yo'nalishida bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, o'zaro ko'rgazma va yarmarkalarni tashkil etish kabi aniq amaliy chora-tadbirlar ko'rish rejalashtirildi.

Qayd etilganidek, O'zbekistonda Bangladesh investitsiyalari ishtirokida tashkil qilingan 36 korxona, shu jumladan 100 foiz xorijiy kapitalga ega 35 ta korxona ro'yxatga olingan. Bu raqamlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikning haqiqiy salohiyatini aks ettirmaydi va shu sababli bu borada investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta'kidlandi.

Istiqbolli yo'nalishlarni ko'rib chiqishda O'zbekistonda sintetik tolalar va aralash matolar, tayyor to'qimachilik mahsulotlari, dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish, meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash bo'yicha loyihalar shakllantirish taklif etildi.

Uchrashuv davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Tomonlar erishilgan kelishuvlarni hayyotga tatbiq qilinishi O'zbekiston bilan Bagladesh o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga turtki berishiga ishonch bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться