O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda oʻtkazilgan “IT Park Rewind 2022” tadbirida mGovAward tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

2022-07-26 | Jamiyat

“Astrum” IT akademiyasida “IT Park Rewind 2022” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri devoni vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, hamkorlar va rezidentlar ishtirok etdi.

“IT Park Rewind 2022” koʻrgazmasini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov oʻzining tabrik soʻzi bilan ochib berdi.

U so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekistonning AKT sohasi ulkan o‘zgarishlarni boshidan kechirganini ta’kidlab, sohaning jadal rivojlanishida IT Parkning o‘rni yuksakligini ta’kidladi.

AKT vaziri bugungi kunda har qanday davlat farovonligining yuksalishi bevosita inson kapitaliga, mamlakat ichida shaxsning o‘zini o‘zi anglash imkoniyatlariga bog‘liqligini ta’kidladi. Yoshlar o‘z iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishi va namoyon etishlari uchun “Bir million o‘zbek dasturchilari” hamda mGovAward Respublika tanlovlari katta imkoniyat eshigini ochganini aytib o‘tdi.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi doirasida hozirda 2,5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik o‘g‘il-qizlar maxsus onlayn portal yordamida raqamli ko‘nikmalar va dasturlash asoslarini o‘rganmoqda.

Shuningdek, IT Park direktori o‘z chiqishida tadbir mehmonlariga tashkilotning so‘nggi uch yil davomida erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi, shu bilan birga, BPO maktablari va BPO markazlari faoliyati, IT-autsorsing va IT-eksportning yanada jadal o‘sishda davom etayotganini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, “Plug and Play” korporativ hamkorlik va biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Feliks Lammers o‘z chiqishida O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasi ochilganini e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya vakillari dunyodagi eng yirik startap akseleratori faoliyati, ularga sarmoya kiritish uchun startaplarni tanlash jarayoni, O‘zbekistonda venchur investitsiya bozorini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berdi.

Konferensiya doirasida mGovAward tanlovi g‘oliblarini taqdirlash va IT Park mukofotlarini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

mGovAward yosh g‘oliblarini AKT vaziri Sherzod Shermatov va BAA davlat xizmatlari sektori rahbari Muhammad Bin Talya topshirdi.

Tanlov hakamlar hay’ati qarori bilan g‘oliblar e’lon qilindi:

1-o‘rin – “Tahrirchi” loyihasi (ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha)

2-o‘rin – “Ekoportal” loyihasi (ekologiya va yashil energiya)

3-o‘rin - Lalu loyihasi (salomatlik).

Shuningdek, quyidagi eng faol hamkorlar IT Park mukofotini qo‘lga kiritishdi:

1. “Yilning eng yaxshi IT ish beruvchisi” nominatsiyasi – EPAM Systems

2. “Yilning eng yaxshi IT eksportchisi” nominatsiyasi - WEBSALE-DISTRIBUTION

3. “Ajoyib IT innovatori” nominatsiyasi – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)

4. “IT-ta’lim bo‘yicha eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi – PDP IT-ACADEMY

5. “IT-sanoat tarafdori” nominatsiyasi – Yuliya Yakovleva, Exadel Uzbekistan direktori.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться