O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. bilan uchrashuv

2022-07-26 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaki bilan uhrashdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha Xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi o‘z vaqtida va zarur ekanligi, bo‘lajak tadbir jahon hamjamiyatiga Afg'onistondagi vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot olish imkonini berishini ta’kidladi.

Afg‘oniston mamlakatning eng yaqin va ishonchli sherigi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolajak O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish tarafdori ekanligi alohida ta’kidlandi.

A.Muttaki Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmasligini bildirdi.

Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistonga Termiz shahridagi ko‘p funksiyali transport-logistika xabi, shuningdek, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

V.Norov afg‘on tomonini xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini tez fursatlarda bajarish, jumladan, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya etish, qizlarning to‘laqonli maktab ta’limi bilan ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться