O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Romitan innovatsion tumanida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

2022-07-26 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov Buxoro viloyati Romitan tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Romitan innovatsion hududida amalga oshirilayotgan ishlar, innovatsion loyihalar holati o'rganildi.

Jumladan, «Turon komplekt» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan «Teskari osmos texnologiyasi suv fil`trlarini ishlab chiqarish» loyihasi doirasida bajarilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi. Ushbu loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 1338,62 mln. so'mga moliyalashtirilgan bo'lib, hozirgi kunda loyiha to'liq ishga tushirilgan va 907 mln. so'mlik mahsulot sotilishiga erishildi. Bundan tashqari, mahsulotlarni Qozog'iston Respublikasiga eksport qilish bo'yicha 250 mln. so'mga yaqin eksport shartnomalari imzolangan.

Innovatsion rivojlanish vaziri korxonani o'rganish jarayonida uni rivojlantirish bo'yicha o'z fikrlari hamda takliflarini aytib o'tdi.

Shu bilan birga, I.Abdurahmonov «Marv Imkon» MChJning antisiffon funktsiyasiga ega emittorli tomchilab sug'orish lentalarini ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib, bu erda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur loyiha umumiy qiymati 2575,0 mln. so'm bo'lib, vazirlik tomonidan ajratilgan mablag' 1425 mln. so'mni tashkil etadi. Bugungi kunda korxona tomonidan 400 mln. so'mlik tayyor mahsulotlar klaster va fermerlarga sotilishiga erishildi hamda amaliyotda o'zining samaradorligi bilan dehqonlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Innovatsion rivojlanish vaziri mazkur texnologiyali tomchilab sug'orish lentalarini aynan paxtachilikda va issiqxona xo'jaliklarida keng joriy qilish bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi hamda ushbu loyihaning kelgusida rivojlantirish yo'nalishlarini belgilab berdi.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, hozirgi kunda ushbu korxonalarda 18 ta yangi ishchi o'rinlari yaratildi hamda mahalladagi yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar ish bilan ta'minlangan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться