O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlarni AKTga jalb qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashda BAA bilan hamkorlik loyihalarini davom ettirishga kelishib olindi
2022-07-26 | Yoshlar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Astrum” IT akademiyasida Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv delegatsiyaning “IT Park Rewind 2022” tadbirida ishtirok etish doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda BAA bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ularni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, AKT vaziri BAA tomonidan mGovAward xalqaro tanlovini amalga oshirishda bevosita ishtirok etgani va qo‘llab-quvvatlaganini alohida e’tirof etdi.
Mamlakatda yoshlarning salohiyatini yuksaltirish, ikki davlat o‘rtasida IT kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlash, AKTga yosh o‘g‘il-qizlarni ko‘proq jalb qilish uchun kelgusida ham ana shunday loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi