O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti xalqaro konferensiya ishtirokchilariga o‘z Murojaatini yo‘lladi

2022-07-26 | Iqtisodiyot

Bugun poytaxtimizdagi «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazining Kongress xolida  “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzuidagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Anjumanda 20 dan ortiq davlatdan, shuningdek, yetakchi xalqaro tuzilmalar – BMT, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidan 100 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.

Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttakiy  boshchilik qilmoqda.

Anjumanni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kirish so‘zi bilan ochdi.

 Davlatimiz rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi.

 Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida konferensiya ishida BMT Bosh kotibi vakili, janob Markus Potselning ishtirok etayotgani BMTning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga sodiqligidan dalolat berishini taʼkidlagan.

O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, YEI va Yevropa davlatlari, Xitoy, Rossiya, AQSH, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining maxsus vakillari ishtirok etishi bugungi uchrashuvning ahamiyatini yana-da oshirgani qayd etdi. Taʼkidlanganidek,  forum ishtirokchilari Afg‘oniston muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda, afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishda bevosita ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti rahbarlari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va yetakchi tahlil markazlari vakillarining ushbu forumda ishtirok etayotganinidan mamnuniyat bildirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti o‘z Murojaatida  tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttakiy  boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasini mamlakatimizga tashrifi bilan qutladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться