O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kimyo sanoati ko'rgazmasi o'z ishini boshladi

2022-07-26 | Iqtisodiyot

Innovatsion rivojlanish vazirligida «O'zkimyosanoat» AJ tarmoq korxonalarining innovatsion mahsulotlari ko'rgazmasi boshlandi. Mazkur ko'rgazmada «O'zkimyosanoat» AJ tarmoq korxonalari tomonidan so'nggi 5 yilda innovatsion loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari namoyishi, ilmiy yondashuvni talab etadigan loyihalar, korxonalar va ularning innovatsion faoliyati yuzasidan taqdimotlar o'tkazilmoqda.

Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari bo'yicha umumiy moliyalashtirish hajmi 89,3 mlrd so'm bo'lgan jami 57 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalarning 35 tasi oliy ta'lim muassasasi va 23 tasi esa ilmiy tashkilotlarga to'g'ri keladi. Loyihalardan ko'zlangan maqsad «O'zkimyosanoat» aktsiyadorlik jamiyati va uning tizimida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy echimini kutayotgan muammolarni echishdir.

Ko'rgazma doirasida «O'zkimyosanoat» aktsiyadorlik jamiyati tizimidagi 4 ta ishlab chiqarish korxonalari – «Farg'onaazot» AJ, «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ, «Navoiyazot» AJ, «Qo'ng'irot soda zavodi» MChJ QK vakillari o'z ilmiy echimini kutayotgan muammoli masalalar yuzasidan taqdimot o'tkazdilar. Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Navoiy davlat konchilik instituti olimlari va tadqiqotchilari sohaga oid davlat buyurtmasi asosida bajarilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilayotgan ilmiy loyihalar haiqda batafsil ma'lumotlar berdilar.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyasini rivojlantirish hisoblanadi. Tadbir yakuni bilan kelgusida bajarilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan yo'l xarita shakllantiriladi.

Ko'rgazma 2022-yilning 27-iyul kuniga qadar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться