O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv

2022-07-25 | Jamiyat

Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abruyev va Jahon Banki vakillari Okore Okorafor Sogʼliqni saqlashni moliyalashtirish boʼyicha xalqaro maslahatchi, Devid Stiven Nayt yetakchi iqtisodchi mintaqaviy menejer vazifasini bajaruvchi, Sunman Kvon xalqaro maslahatchi hamda sogʼliqni saqlash bo'yicha mutahasis Behruz Yusupov  bilan uchrashuv boʼlib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon Banki vakillariga sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini o‘rganish natijalari, shuningdek, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish sohasida amalga oshirilayotgan so‘ngi islohotlar haqida ma'lumot berildi.

Jamshid Аbruev o‘z so‘zida Jahon Banki ekspertlari va rivojlangan mamlakatlarning Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish bo‘yicha tajribasi O‘zbekiston tomoni uchun muhimligini taʼkidlab o‘tdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilib, bu kabi uchrashuvlarni doimiy tashkil qilib borishga kelishib olishdi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться