O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyadan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan uchrashuv

2022-07-25 | Iqtisodiyot

Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yaponiyaidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda Yaponiyaning “JIC Holding Co. Ltd”, “BMA365 Chub Inbound Association”, “Global Communication Co. Ltd”, “Rokugo Cooperation”, “Care Support Global Cooperative”, “Mitachi Ring Cooperative”, “Yokunaru Co. Ltd” va “Tokai Sonpo Co. Ltd” kabi korxonalar vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxadjayevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish.

Uchrashuvda tomonlar iqtisodiy hamkorlik, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, mehnat migratsiyasi, shuningdek, kadrlarning kasbiy bilim darajasini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar tashqi mehnat migratsiyasining holati va asosiy ko‘rsatkichlari, ishga qabul qilish va ishga joylashtirish tartiblari haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shu tariqa, Yaponiya mehnat bozorida roʻyxatga olingan xorijlik xodimlarning asosiy qismi Vyetnam, Xitoy va Filippindan kelgani taʼkidlandi. Ish bilan bandlikning asosiy yo‘nalishlari qurilish , mehmonxona biznesi, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot (kasallar va qariyalarni parvarish qilish), kemasozlik va boshqalar.

Yaponiya tomoni samarali tajriba almashish va zamonaviy sanoat texnologiyalarini o‘rganish uchun chet tilini biladigan malakali kadrlarga ehtiyoj ortib borayotganini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan, tomonlar O‘zbekistonda Kasbiy va til o‘rgatish markazi hamda Yaponiyada mehnat muhojirlarini 24 soat davomida qo‘llab-quvvatlash markazini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Tomonlar 21 iyul kuni “Yaponiya-O‘zbekiston o‘rtasida mehnat munosabatlari va kasbiy taʼlimni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan 2-mehnat forumi” deb nomlangan forum haqida ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Mehmonlar, o‘z navbatida, forum ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashda samarali platforma bo‘lib xizmat qilganini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться