O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘onada “TechnaWays Business Incubator” yoshlar biznes inkubatori doirasidagi loyihalar moliyalashtirilmoqda

2022-07-25 | Yoshlar

Farg‘ona politexnika institutida joriy yilning fevral oyidan ishga tushgan biznes inkubatorda o‘z g‘oyasiga ega, biznesga qiziqishi bo‘lgan yoshlarga tadbirkorlikka oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Inkubatsiya” dasturi tashkil etilgan.

Dasturda qatnashish uchun o‘tgan davr mobaynida 165 ta loyiha mualliflari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, birinchi bosqichda 78 ta, ikkinchi bosqichda esa 30 ta tahsil olish uchun saralanib olindi. Dastur doirasida 12 ta spiker va 3 ta mentorlar jalb qilingan bo‘lib, hozirda yoshlarga o‘z bilimlarini berib kelmoqda.

Aytib o‘tish joizki, shu kunga qadar mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan loyihalar tanlovida “TechnoWays” yoshlar biznes-inkubatori “Inkubatsiya” dasturi ishtirokchilarini 2 nafari g‘olib bo‘lib, jami 310 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, 22 nafar ishtirokchi “Students idea challenge” loyihalar tanlovida ishtirok etmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinayotgan barcha startap tanlovlarda qatnashib kelmoqda. Quvonarlisi shundaki, ishtirokchilarning loyihalarini moliyalashtirish, ularga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida investor va loyihachilar uchrashuvi tashkil qilinmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться