O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbek-Hind munosabatlarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi
2022-07-25 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 24-iyul kuni Bosh vazir o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjaev Hindiston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Prabxat bilan uchrashuv o’tkazdi.
Unda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning borishi muhokama qilindi.
Suhbat chog'ida o'zaro munosabatlarning barcha darajalarida ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirish va to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.
O'zbek tomoni hind hamkorlari bilan sog'liqni saqlash va farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, veterinariya va chorvachilik sohalaridagi munosabatlarni jadallashtirish bo'yicha muzokaralar o'tkazish borasidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. Bundan tashqari, tomonlar mamlakatlarimizni bog'laydigan transport yo'laklarini rivojlantirish istiqbollariga ham to’xtalib o’tdilar.
O'zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o'rtasida 2022-2023-yillarga mo'ljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, ilm-fan va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish dasturini tezkor ishlab chiqish va qabul qilishni qo'llab-quvvatlashga o’zaro tayyorlik bildirildi.
Muzokaralar yakunida hamkorlikni chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo'yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi