O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda
2022-07-22 | Turizm
Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.
Kongressning asosiy voqeasi — “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” (51-60 jild) turkumidagi 10 ta yangi kitob-albomlar taqdimoti bo‘lib o’tdi. Shunday qilib, 25 dan ortiq davlatdan 350 ta olimlar, dunyoga mashhur 100 kutubxona va muzeylar kitob-albomlar seriyasi ustida ishlagan to‘plam 60 jildga yetdi.
Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanadigan noyob qadimiy qo'lyozmaning tarixiy ahamiyati va haqiqiyligi shubhasiz. Kongressda ana shu qadimiy qo‘lyozmaning noyob nashri taqdimoti ham o‘tkazildi. Yevropaning yetakchi nashriyot uylaridan biri Mueller & Schindler o'zbek zaminining buyuk o'g‘li, munajjim Mirzo Ulug‘bek buyurtmasi bilan yaratilgan noyob qo'lyozma faksimilini namoyish etdi.
Kongressda, shuningdek, “Xalqlarni birlashtiruvchi meros” kabi mavzularda “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon”, “Jahon jamiyati uchun yangi yoʻnalishlar: rejalar va istiqbollar”, “Milliy muzeylar va to'plamlar Jahon jamiyati diqqat markazida” kabi davra suhbatlari ham bo‘lib o’tdi.
Bundan tashqari, Kongress doirasida Oʻzbekiston sanʼatiga oid ikkita noyob kitob: “Orol va Amu qirg‘oqlarida. Qoraqalpoq san’ati” va “Bezak: estetika, sehr, ma’no” kitoblari ham taqdim qilindi.
Shu bilan bir qatorda Samarqand shahridagi Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqatida” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ham o’tkazilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi