O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirilishi muhokama qilindi

2022-07-22 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Koreya Respublikasi bilan moliyaviy-texnik hamkorlikni muhokama qilishga bag‘ishlangan anʼanaviy yillik muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Koreya Respublikasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Eksimbank vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va kimyo sanoati sohasida Koreya Respublikasining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan umumiy qiymati 548 million dollardan ortiq beshta loyihani hayotga joriy qilish bo‘yicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida Koreya Respublikasi bilan Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning hozirgi holati ko‘rib chiqildi.

Xususan, 2022-yilga mo‘ljallangan 383 million dollarlik “Tibbiy klasterni yaratish” hamda qiymati 198,6 million dollarga teng bo‘lgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-tadqiqot va o‘quv komponentlarini yaratish” kabi ustuvor loyihalar bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar qarz bitimlarini imzolashdan oldingi tartibotlarni soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar hamda mintaqaviy avtomobil va temir yo‘l qatnovlarini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish kabi hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Muloqot yakunida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar ro‘yxati kelishib olindi, shuningdek ularni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться